" Vatan uchun,millat uchun, xalq uchun" goyasi da G'allaorol tuman 2-son politexnikumida Mustaqillikning 34-yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan ma'naviy ma'rifiy tadbir bòlib òtdi.

03.09.2025-yil " Vatan uchun,millat uchun, xalq uchun" goyasi da G'allaorol tuman 2-son politexnikumida Mustaqillikning
34-yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan ma'naviy ma'rifiy tadbir bòlib òtdi.Tadbirni TM direktori X.Fayzullayev ochib berdi.Barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.Bu yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ldi.Bu ulug‘ bayramning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni beqiyos.Albatta, bu kun xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir.Yurtimiz rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim yangilanish va islohotlar, ilm-fan yuksalishi, sport sohasidagi yutuqlar, turli jabhalarda izlanishlar olib borayotgan olimlarimizga yuksak e’tibor, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotining har bir sohasiga innovatsiyalarning joriy etilishi bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.Qatnashdilar Olimlar MFY raisi Mardiyeva G, tuman OAV bosh muhariri A Otamuradov hamda òqituvchilar va ishchi xodimlar 42-nafar,òquvchilar 325-nafar.





