Gʻallaorol tuman 2-son politexnikumida maktab o'quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ʼʼKasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora -tadbirlari toʻgʻrisida ʼʼ 2024 -yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmonining 11-ilova 6.2 -bandiga muvofiq 9 -va 11 -sinf oʻquvchilari uchun Gʻallaorol tuman 2-son politexnikumida  13-mart kuni  Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli  16-5-59-14-23-4 maktablardan hammasi boʻlib168 nafar oʻquvchilar  va 13 nafar maktab psixologlari va sinf rahbarlari ishtirok etdi.Ochiq eshiklar kunida oʻquvchilar oʻquv usta xonalari,sport zali ,dars xonalari ,oʻquvchilar turar joylari bilan tanishtirildi va maʼlumot berildi